HAR BIR DETALDA O’ZIGA XOSLIK
Bu shunchaki sportchanlik, nafislik va samaradorlik emas. Alfa Romeo Stelvio va Giulia Competizione sizga avtomobil bortida abadiy dizayn, yangilangan texnologiya va premium darajadagi xususiyatlar bilan birga noyob hissiyotarni tajribadan o’tkazish imkonini beradi.

TAKOMILLASHTIRILGAN TEXNOLOGIYA, MUKAMMAL SAMARADORLIK
Giulia va Stelvio Competizione 280 ot kuchiga ega benzin dvigatellar yoki 210 va 160 ot kuchiga ega dizel dvigatellari bilan jihozlangan. Barcha dvigatellar 8 pog’onali avtomat uzatmalar qutisi va Q2 yoki Q4 barcha g’ildiraklarning tortish tizimi bilan birlashtirilgan.
Alfa Romeo Giulia Competizionening yoqilg’i sarfi (l / 100 km): 8,1 - 5,2; CO2 emissiyasi (g/km): 183–137. Qiymatlar BUYST(Butunjahon bo’ylab uyg’unlashtirilgan yengil avtomobillar uchun sinov tartibi)ning 2022-yil 26-sentabr holatiga koʻra yangilangan vaznli sikli asosida dastlabki sinov tadbirlari vaqtida aniqlangan va yakuniy homologatsiyaga qadar oʻzgarishi mumkin. Ko’rsatilgan qiymatlar taqqoslash uchun mo’ljallangan.
Alfa Romeo Stelvio Competizionening yoqilg’i sarfi (l / 100 km): 8,9 – 6,1; CO2 emissiyasi g/km): 202 – 160. Turni tasdiqlash qiymatlari BUYST (Butunjahon bo’ylab uyg’unlashtirilgan yengil avtomobillar uchun sinov tartibi) ning 21/11/2022 da homologatsiya qilingan birlashma sikliga asoslangan holda aniqlangan. Ko’rsatilgan qiymatlar taqqoslash uchun mo’ljallangan.
INTUITIV HIS-TUYG’ULARNI HIS QILISH IMKONINI BERUVCHI NAFIS SPORTCHANLIK
Giulia va Stelvio Competizione brendning dadil pozitsiyasini mukammal aks ettiradi va siz izlayotgan ichki his-tuyg’ularni his qilishingizga yordam beradigan texnik yechimlarni taklif qiladi. Alfa Faol Osmalar tizimi sayohatda ajoyib qulaylikni ta’minlaydi, sportga xos boshqarish va haydash zavqini oshiradi.

NFT MAXSUS SERIYALARINING RAQAMLI SERTIFIKATI
Alfa Romeo Giulia va Stelvio Competizione Alfa Romeo Maxsus Seriyalarning Raqamli Sertifikatini ishga tushiradi. Blokcheyn texnologiyasi tomonidan taqdim etilgan xavfsizlikdan foydalangan holda, ushbu O’zgatirib Bo’lmaydigan Token (NFT) raqamli sertifikati har bir Competizione avtomobilining o’ziga xosligini tasdiqlaydi va uning asl konfiguratsiyasini himoya qiladi.
Ushbu mahsulot avtomobilning xizmat qilish muddati haqida noyob va sohtalashtirib bo’lmaydigan arxivni yaratish uchun avtomobil ma’lumotlarini ro’yxatdan o’tkazuvchi NFTdan Foydalanish Sertifikatiga qo’shimcha ravishda keladi.
HAMISHA ALOQADA *
Haydovchilarga yordam paketi tufayli Giulia va Stelvio Competizione sizga tashqi dunyo, o’z dunyoyingiz hamda avtomobilingiz bilan "hamisha aloqada bo’lish" imkonini beradi. U sizga haydash tajribangizni yaxshilaydigan ilg’or navigatsiya, axborot-ko’ngilochar tizimlar va aloqa xizmatlarini taqdim etadi.
*2023-yil 1-maydan boshlab buyurtma qilingan barcha yangi avtomobillar uchun Mening Yordamchim avtomobil narxiga kiritilgan Connect ONE paketiga kiritiladi. Mening masofaviy pultim, Mening avtomobilim, Mening navigatsiyam va Mening elektron zaryadlovchim Connect PLUSga aylanadi, bu esa mijozning maxsus obunasini talab qiladi. Connect PLUS kafolat muddati boshlangan kundan boshlab dastlabki 36 oy davomida qo’shimcha to’lovsiz mavjud. "Mening trevogam" va "Mening Wi-Fi" o’zgarmaydi.
Har qanday favqulodda vaziyatda "Mening yordamchim" sizga bizning fidokor qo’ng’iroq markazlarimizga murojaat qilish imkonini beradi, ular muammoni imkon qadar tezroq hal qilish uchun qo’llaridan kelganini qiladilar. click here.
DIZAYN ORTIDAGI TAKOMILLASHTIRILGAN TEXNOLOGIYA
Featuring the latest generation of autonomous assisted driving system, the new Giulia and Stelvio Competizione will provide a higher level of driving pleasure with a precise control.