TONALE PLUG-INLI GIBRID Q4 EDIZIONE SPECIALE

Sportchanlikka xos yangi quvvat ramzi

YANADA KO’ROQ SAMARADORLIK YO’LIDA

Atrof - muhitga ko’rsatishingiz mumkin bo’lgan haqiqiy ta’sir bu kamroq emissiyalar bilan haydashdir. 
Samarali 15,5 kVt/soat akkumulyatorga ega Tonale Plug-in Hybrid Q4 shahar siklida 82 kmgacha toza elektr quvvatiga ega va birlashgan siklda 33-26 g/km CO2 emissiyasiyalari ishlab chiqaradi. 
To’liq quvvat zaxirasi (benzin + elektr)* — 600 km gacha. 

MAS’ULIYATNI RAD ETISH

Tonale Plug-in Gibrid Q4ning birlashgan yoqilg’i iste’moli (l/100 km): 1,4 – 1,1; birlashgan energiya iste’moli (kVt/100km): 18,7 - 16,8; CO2 emissiyasi (g/km): 33-26. Shahar sikli 82 km gacha bo’lgan to’liq elektr diapazonini o’z ichiga oladi. Umumiy haydash ko’lami - bu benzin avtonomiyasini shaharda haydash uslubida to’liq elektr avtonomiyasi bilan birlashtirish orqali erishiladigan umumiy mumkin bo’lgan diapazon hisoblanadi. Turni tasdiqlash qiymatlari BUYST (Butunjahon bo’ylab uyg’unlashtirilgan yengil avtomobillar uchun sinov tartibi) ning 4.11.2022 da homologatsiya qilingan sikliga asoslangan holda aniqlangan. Ko’rsatilgan qiymatlar taqqoslash uchun mo’ljallangan. Yoqilg’i iste’moli, CO2 emissiyasi va diapazoni haqiqiy foydalanish shartlariga va turli omillarga qarab farq qilishi mumkin, masalan: zaryadlash chastotasi, haydash uslubi, tezlik, maxsus jihozlar, variantlar, shinalar formati, tashqi harorat va avtomobil bortidagi termal qulaylik. .

KELAJAKNI SPORTGA XOS BOSHQARISH

Alfa Romeo haydashning haqiqiy zavqi bu yangi hayajonli tajriba. Tonale Plug-in Gibrid Q4 Edizione Speciale plagini 1,3 litrli turbomotorli MultiAir benzinli dvigatelni umumiy quvvati 280 ot kuchiga ega elektr motor bilan birlashtiradi. 

ILG’OR HAYDASH DINAMIKASI

Tonale Plug-in Gibrid Q4 bortida tezlashish paytida quvvat hissini tajribadan o’tkazing: e-AWD tizimi orqa differensial o’rniga o’rnatilgan elektr motoridan hosil bo’luvchi mavjud aylanish momentining 100% idan bir zumda foydalanish imkonini beradi. ko’proq xavfsizlik va haydashdan yanada zavqlanish darajasini ta’minlash uchun Edizione Speciale Q4 to’liq g’ildirakli haydovchi tizimi bilan jihozlangan. Old o’qga 180 ot kuchiga ega 1,3 litrli turbo quvvatli 4 silindrli dvigatel 6 pog’onali avtomat uzatmalar qutisiga ulangan. Orqa o’q esa maksimal quvvati 90 kVt bo’lgan elektr motoridan foydalanadi. 

EKSKLYUZIV EKSTERYERGA XOS TAFSILOTLAR

Biz kelajakka qaraymiz, lekin o’z ramziy belgilarimizga sodiq qolamiz. Yangi Tonalening Plug-in Gibrid Q4 versiyalari zaryadlash porti yaqinida chap taraf orqa oynadagi "elektr-biskion"  serigrafiyasi (ekranli tasvir) bilan tavsiflanadi. Edizione Speciale eksklyuziv dizayni o’zining noyob xususiyatlari: xromlangan juft egzoz trubkalari, titan rangli korpus to’plami, qizilga bo’yalgan Brembo tormoz kaliperlari, 20 dyuymli qotishmali disklar, yon qanotlardagi "Speciale" nishoni va qora "Tonale" nishoni bilan maqtana oladi.

ASOSIY STANDART XUSUSIYATLAR:

Technology

  • Carplayga ega 10,25 dyumli NAV | Android Avto 
  • Passiv kirish 
  • Simsiz quvvatlagich 
  • Old | Orqa to’xtash sensori, orqa ko’rinish kamerasi 
  • AMKN (Aqlli moslashuvchan kruiz nazorati) 
  • Elektron ochilib/yopiluvchi yukxona eshigi

Eksteryer

  • To’liq LED matritsa 
  • Maxfiylik oynalari 
  • Titan korpusli to’plam va V-shaklli qalqon  
  • 20 dyuymli qotishmali disklar 
  • Qizilga bo’yalgan Brembo tormoz kaliperlari 
  • Xromlangan juft egzoz trubkalari 

Interyer 

  • Chokli qaymoqrang asboblar paneli 
  • Salondagi qulay yorug’lik 
  • Sportga xos rul g’ildiragi materiali 
  • Aluminli eshik ostonasi va sportga xos pedal